Davlat: O'zbekiston
Dastur shakli: Offlayn
Yosh toifasi: 15-25
EconX — iqtisodiy mavzularga bag‘ishlangan tanlovdir. Unda ishtirokchilar real yoki nazariy iqtisodiy vaziyatlarni tahlil qiladi, yechimlar taklif etadi va o‘z pozitsiyalarini tartibli shaklda himoya qiladi.
Asosiy maqsad — tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, jamoada ishlash va omma oldida nutq so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirishdir.
Tadbirning asosiy yo‘nalishlari:
— Guruhlarda iqtisodiy loyihalarni ishlab chiqish va taqdim etish
— Hamkorlik, tadqiqot va nutq mahoratini rivojlantirish
— Tajribali hakamlardan baho va maslahatlar olish
➡️Imtiyozlar:
— G‘olib jamoalar sertifikat va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi
— Ishtirokchilar uchun keng netvorking imkoniyati yaratiladi — turli maktab va tashkilotlardan kelgan yoshlar bilan tanishish, tajriba almashish
— Tadbir davomida ma'zali coffee break va o'yinlar tashkil etiladi