Unda Yangi O‘zbekiston Universitetida o‘tkaziladigan maxsus tadbirni o‘tkazib yubormang!
O‘zbekiston–Yaponiya markazi SOKENDAI, Tsukuba Universiteti va Osaka Universiteti vakillari bilan birgalikda Yaponiya universitetlariga kirish va xalqaro dasturlar haqida axborot-ma’ruzasi o‘tkazadi.
✅ Tadbirda siz quyidagi ma’lumotlarni olasiz:
• Bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlariga qabul jarayonlari
• Yaponiyada ta’lim olish uchun grant va stipendiyalar
• Xalqaro ta’lim dasturlari va talabalar hayoti haqida ma’lumotlar