📚 NEGA BIZ BU SAFARNI UYUSHTIRDIK?
Aziz kitobsevar do‘stlar!
3-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Kitob Safari: CUMPI — bu shunchaki sayr emas. Bu — fikr almashuv, ilhom, yangi tanishuvlar va kitobga muhabbatni yanada chuqurlashtiradigan o‘ziga xos madaniy safar.
Ushbu safari orqali biz:
🔹 Kitoblar olamiga yangicha nigoh bilan qaraymiz - kitob do‘konlarida professional tavsiyalar orqali kitob tanlash san’atini o‘rganamiz.
🔹 Yangi insonlar bilan tanishamiz – har bir ishtirokchi o‘z dunyoqarashi bilan bu safarga o‘ziga xoslik olib kiradi.
🔹 Ilhom topamiz – do‘konlar orasida yurib, hayotimizda iz qoldiradigan asarlarni kashf qilamiz.
🔹 O‘zimizga vaqt ajratamiz – tabiat, suhbat va kitob uyg‘unligida ichki sokinlikni his qilamiz.
📍 Bu safar – o‘qish, o‘rganish va ulg‘ayish yo‘lidagi kichik, lekin esda qolarli qadamingiz bo‘ladi. Har bir lahzasi sizni bir qadam oldinga olib chiqadi.
Ko‘ngilni bo‘shating, yurakni oching — va kitoblar bilan birga sayrga chiqing!
Biz sizni sabrsizlik bilan kutamiz 💫
Murojaat uchun Admin 👇
@Kashfiyat_S