ICTWEEK 2026 doirasidagi “AI Threats to Education & Employment” forumiga taklif etamiz!
⚡️23-sentabr kuni ICTWEEK-2026 doirasida sun’iy intellektning ta’lim va mehnat bozoriga ta’siriga bag‘ishlangan “AI Threats to Education & Employment” forumi bo‘lib o‘tadi.
✅Forumda xorijiy ekspertlar, yetakchi AI mutaxassislari, startap asoschilari va soha vakillari ishtirok etib, sun’iy intellekt sabab yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangi imkoniyatlar va kelajakdagi xavflar haqida fikr almashadi.
⬇️Tadbir davomida siz:
➡️AI va startap ekotizimidagi eng so‘nggi trendlar bilan tanishishingiz;
➡️xorijiy va mahalliy ekspertlarning fikrlarini tinglashingiz;
➡️sohadagi yangi loyihalar, e’lonlar va tashabbuslardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lishingiz mumkin.
🎁Bundan tashqari, forum ishtirokchilari uchun qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish imkoniyati ham mavjud.
🗺Manzil: CAEx Ko‘rgazmalar markazi;
⏰ Vaqt: 14:00-16:00.