Innovatsiyalar milliy ofisi, Yoshlar ishlari agentligi va Respublika yosh olimlar kengashi tomonidan o'tkaziluvchi “Akademik viktorina” tanloviga 18-30 yosh oralig’idagi Toshkent shahridagi yosh olima va tadqiqotchilarni taklif qiladi.
💡Tanlovda ishtirok etish uchun 5 ta tadqiqotchidan iborat jamoa shakllantiring va ro’yxatdan o’ting.
Tanlov 2 bosqichdan iborat bo’lib,
1-bosqich akademik hamda ilmiy faoliyat va ko’nikmalar bilan bog’liq savol – javob,
2-bosqich "case study solution" (ishtirokchilarni o'rganilayotgan muammoni ifodalash hamda uning maqsadga muvofiq yechimi variantlarini izlashga yo'naltiradigan aniq real yoki sun'iy ravishda yaratilgan vaziyat) ko’rinishida bo’lib o’tadi.
📎Yuqoridagi 2 bosqichdan muvaffaqiyatli o’tgan 3 ta jamoa “PhD sari qadam” loyihasining 3-mavsumi uchun yo’llanmani qo’lga kiritadi.
Teglar: