🖲️ O‘z o‘yiningizni yarating: Samarqandda GameDev Ideathon!
Stardew Valley, Vampire Survivors, Balatro – bular kichik jamoalar tomonidan yaratilgan dunyo miqyosidagi xit o‘yinlardir. Ularning siri mablag‘da emas, balki yorqin g‘oya va madaniy jihatda o‘ziga xoslikdadir.
17-iyul kuni bo‘lib o‘tadigan GameDev Ideathon tadbirida bo‘lajak o‘yinlar uchun konsepsiyalar yaratiladi. Bunda asosiy e’tibor kod yozishga emas, aksincha ajoyib g‘oyalar topish, bozorni tahlil qilish va taqdimotlarga tayyorlanishga qaratiladi.
Eng yaxshi loyihalar esa Goethe-Institut, IT Park Uzbekistan va School 21 hamkorligida tashkil etilgan o‘yin inkubatoriga tayyor mahsulot sifatida ishga tushish uchun yuboriladi!
Kimlar ishtirok etishi mumkin: dasturchilar, geymdizaynerlar, rassomlar, ssenariy yozuvchilar va barcha o‘yin muxlislari. Tadbirga yakka holda kelib, shu yerning o‘zida jamoa tuzishingiz mumkin.
📆 17-iyul, 11:00 – 19:30
📍Samarqand, School 21, Ibn Sino ko‘chasi, 17A
Tadbir tili: o‘zbek / rus
👉 Bot orqali ro‘yxatdan o‘ting
@school21_mainbot
Teglar: