🎮 Samarqanddagi GameDev Ideathon’da o‘z o‘yiningiz konsepsiyasini yarating!
17-iyul sanasi yangi o‘yinlar uchun g‘oyalar izlash, bozorni tahlil qilish va taqdimotlar tayyorlashga bag‘ishlanadi. Bunda dasturlash talab etilmaydi.
Eng yaxshi loyihalar Goethe-Institut, IT Park Uzbekistan hamda School 21ning o‘yin inkubatoriga qabul qilinadi.
Tadbirda dasturchilar, geym-dizaynerlar, rassomlar, ssenariychilar va barcha o‘yin ishqibozlarini kutamiz. Yakka holda kelib, shu yerda jamoa tuzishingiz ham mumkin.
🗓 17-iyul, 11:00–19:30
📍 School 21, Samarqand, Ibn Sino ko‘chasi, 17A
🌐 O‘zbek tili / rus tili
👉 @school21_mainbot