19—13-noyabr 2026
Davom etmoqda

FOTOSURATLAR TANLOVI: O‘zbekistonda kasbiy ko‘nikmalar olami

FOTOSURATLAR TANLOVI: O‘zbekistonda kasbiy ko‘nikmalar olami

FOTOSURATLAR TANLOVI: O‘zbekistonda kasbiy ko‘nikmalar olami

Sizni O‘zbekistonda ko‘nikmalarni rivojlantirish va kasbiy ta’limni aks ettiruvchi fotosuratlar tanlovida ishtirok etishga taklif qilamiz!

YUNESKO tomonidan amalga oshirilayotgan va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan Ko‘nikmalarni rivojlantirish dasturi doirasida tashkil etilayotgan ushbu tanlov orqali o‘z nigohingiz, ijodingiz va hikoyalaringizni boshqalar bilan baham ko‘ring.

📷 Tanlov 4 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

• Tenglik va inklyuzivlik

• Yashil ko‘nikmalar va barqaror rivojlanish

• Raqamli transformatsiya va sun’iy intellekt

• Ijodiy industriyalar

Har bir ishtirokchi 4 tagacha fotosurat taqdim etishi mumkin — har bir yo‘nalish uchun bittadan. Fotosuratlar O‘zbekiston hududida olingan bo‘lishi kerak.

🏆 Fotosuratlar tanlovi g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin: 1 nafar g‘olib — 5.000.000 so‘m

2-o‘rin: 4 nafar g‘olib — har biriga 3.000.000 so‘mdan

3-o‘rin: 25 nafar g‘olib — har biriga 1.000.000 so‘mdan

📅 Tanlovda ishtirok etishning oxirgi muddati: 13-noyabr, 2026-yil

🔗 Tanlovda ishtirok etish uchun arizangizni yuboring: https://forms.gle/J8m6mCmThvBKQAoj6

Teglar:

19—13-noyabr 2026

FOTOSURATLAR TANLOVI: O‘zbekistonda kasbiy ko‘nikmalar olami

Bepul
Menu
Aloqa Tadbir joylash