UZCARD FORUM 2024 - UZCARD kompaniyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan moliyaviy texnologiyalar sohasidagi yirik tadbir. Ketma-ket ikkinchi yil o‘tkazilayotgan forum O‘zbekistonning bank va fintex sektorlarining yetakchi vakillarini birlashtiradi.
Bu yil forum moliya sanoatining kelajagini belgilovchi asosiy tendensiyalar va muammolarni muhokama qilish uchun 500 dan ortiq ishtirokchini, jumladan banklar, fintex kompaniyalari, davlat tuzilmalari vakillari va xalqaro ekspertlarni to‘playdi.