Festival doirasida konferensiyalar, dunyo yulduzlari bilan mahorat darslari, san’at installyatsiyalari va musiqiy chiqishlar bo‘lib o‘tadi, jumladan, “Boiler Room” va “Refuge Worldwide” efirlari rejalashtirilgan. Festival O‘zbekistonda mustaqil san’atkorlar va ijodiy industriyalarni rivojlantirishni maqsad qilgan.
Festival doirasida Konsta, Adana Twins, Bjarki va Ivan Dorn kabi ijodkorlar chiqish qilishi kutilmoqda.
1 ta chipta xarid qilish orqali ketma-ket 2 ta tadbirda qatnashish imkoniyati mavjud boʻladi.