11-noyabr 2025 (seshanba), 14:15-17:00

II RESPUBLIKA NON FESTIVALI

II RESPUBLIKA NON FESTIVALI

11-noyabr kuni Mirzo Ulug’bek maktab ma’muriyati, “Chinor Hamjamiyati” hamda O’zbekiston Qizil yarim oy jamiyati Toshkent shaxar tashkiloti bilan hamkorligida an’anaviy, ammo bu yil yanada boyroq va milliy ruhga to‘la II RESPUBLIKA NON FESTIVALI bo‘lib o‘tadi! 🇺🇿🔥

Bu safar sizni haqiqiy o‘zbekona muhit kutmoqda —
tandirlar, o‘tovlar, milliy qo‘shiqlar va xalqona bayram kayfiyati bilan to‘la kun! 🌾🎶



🥯 NIMALAR SIZNI KUTMOQDA?

🍞 Yuzlab nonlar!
Hududiy, milliy, zamonaviy va ijodiy shakldagi nonlar — har birining hidi, ma’nosi va tarixi o‘ziga xos!

😋 Tatib ko‘rish imkoniyati!
Har bir mehmon o‘ziga yoqqan nonni tanlab, bepul tatib ko‘rishi mumkin!

🎵 Milliy qo‘shiqlar & jonli ijro!

Festival davomida jonli musiqa, raqslar va milliy kuylar sizga bayramona kayfiyat ulashadi!

🔥 O‘tovlar va tandirlar!
Maktab hovlisida haqiqiy o‘tovlar tikiladi, tandirlar yoqiladi — issiqlik, hid, mehr va xalqona ruh bir joyda!

🎯 Ko‘ngilochar o‘yinlar!
O‘quvchilar tomonidan tayyorlangan o‘yinlar mehmonlar uchun o‘tkaziladi!
Har bir kishi ishtirok etib, sovg‘alar yutish imkoniyatiga ega bo‘ladi 🎁

👐 Mahorat darslari!

Non tayyorlash jarayonini o‘z ko‘zingiz bilan ko‘ring — hamir qorishdan tortib, tandirda pishirishgacha!

💛 Hayriya auksioni!

O‘quvchilar tayyorlagan eng chiroyli nonlar ota-onalar o‘rtasida auksionga qo‘yiladi,
va barcha yig‘ilgan mablag‘lar “Chinor g‘azna” orqali bolalar uchun sarflanadi 💫



🎉 ENG HAYAJONLI QISMI – NON ULASHISH PARADI!

Festival yakunida barcha ishtirokchilar milliy kiyimlarda, bayroqlar bilan, maktabdan katta yo‘l bo‘ylab yurishadi 🇺🇿
Ular nonlarni istalgan odamlarga bepul ulashishadi — bu mehr, birlik va saxovatning ramzi bo‘ladi 🕊️

11-noyabr 2025 (seshanba), 14:15-17:00

II RESPUBLIKA NON FESTIVALI

Bepul
Menu
Aloqa Tadbir joylash