48 soatlik kino poygasi tanlovi

Tanlov g'olibi Nyu-York shahriga sayohat qilish va Nyu-York kino akademiyasining mutaxassislaridan o'rganish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan imkoniyatga ega bo'ladi
  • 178
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
48 soatlik kino poygasi tanlovi

Tashkilotchi: Go Night

Oʻtkazilish sanasi: 5-may, 19:00

Manzil: 139-Hujjatlar markazi, Sultonali Mashxadi ko‘chasi, 210-uy

Go Night 48 soatlik kino poygasi tanlovini e'lon qiladi. 

Film suratga olish oson ish emas - 48 soatda film suratga olish bundan ham qiyinroq. Ammo bu 48 soatlik kino poygasi ishtirokchilari uchun keyingi chellenj hisoblanadi. Tanlov g'olibi Nyu-York shahriga sayohat qilish va Nyu-York kino akademiyasining mutaxassislaridan o'rganish uchun barcha xarajatlari qoplanadigan imkoniyatga ega bo'ladi. 

5-may kuni bo'lib o'tadigan tadbir quyidagilarni o'z ichiga oladi:

-48HFR g'oliblarining taqdimotlari;

-Atigi ikki kun ichida qanday qilib kino suratga olish bo'yicha master-klass;

-Kino mutaxassislari bilan savol-javob;

-Hamfikrlar bilan uchrashish;

-Networking va qiziqarli muhit. 

Ushbu tadbirda ishtirok etish bepul, ammo ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling