"5 tashabbus harakati Toshkent 2021" festivali

Tadbir davlatimiz rahbarining besh tashabbus gʻoyasida aks etgan barcha sohalarni qamrab oladi
  • 2623
  • 1
  • Oʻzbek tili, ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Toshkent shahar hokimligi.

Oʻtkazilish sanasi: 21-25-may, 2021-yil.

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 15-may, 2021-yil.

Manzil: Toshkent shahri.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu yirik tadbir doirasidagi tanlovlar, musobaqalar va uchrashuvlarni ochiq osmon ostida oʻtkazish uchun 37,5 ming metr kvadrat maydonda maxsus shaharcha barpo etilmoqda.

Festivalda ushbu yoʻnalishlarda ishtirok etish mumkin:

I Madaniyat:

  1. Street Art.
  2. Tashkent Voice Art.
  3. Tashkent Dance Art.

II Sport:

  1. Futbol.
  2. Street Ball.
  3. Laser Run.
  4. Street Workout.
  5. Stol tennisi.
  6. Armrestling.

III IT:

  1. ProjectX.
  2. Tashkent Cyber Cup.

IV Ayollar Networking haftaligi:

  1. Biznes.
  2. Ijtimoiy soha.
  3. Dizayn.

V “Zakovat” breyn ring turniri.

Tadbir doirasida oʻtkaziladigan musobaqa va tanlovlarning gʻoliblari pul mukofotlari va sertifikatlar bilan taqdirlanadi, eng yaxshilarni maxsus taklif etilgan professional hakamlar guruhi aniqlaydi.

Tadbirda nafaqat ishtirokchi, balki mehmon sifatida ham qatnashish mumkin. Unda yozuvchilar, biznes, dizayn, axborot texnologiyalari va boshqa sohalarda muvaffaqiyat qozongan insonlar bilan turli uchrashuvlar, media-treninglar oʻtkaziladi.

Harakatning har bir kuni joʻshqin musiqa bazmi bilan yakunlanadi. Mashhur dijyeylar — Trace va Roger Gunn kechki shoularning rezidentlari boʻlishadi.

Kategoriya

Forum
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling