Tashkilotchi: Moskva fizika-texnika instituti
O'tkazilish vaqti: 10-avgust 2020 — 8-noyabr 2020
O'tkazilish joyi: Onlayn
Moskva fizika-texnika instituti (Davlat universiteti) tomonidan maktab o'quvchilari uchun fizika, matematika va biologiya bo'yicha "Phystech.International" xalqaro olimpiadasi o'tkazilmoqda.
Kimlar qatnashishi mumkin:
9, 10, 11-sinf o'quvchilari
Mukofotlar:
- MIPTga kirish uchun qo'shimcha ball.
- Phystech olimpiadasining yakuniy bosqichida ishtirok etish imkoniyati. Phystech olimpiadasi g'oliblari va sovrindorlari Rossiyada bepul ta'lim olish uchun kvotani oladilar.
- Olimpiadaning tashkiliy qo'mitasi g'olib va sovrindorlar uchun tavsiyanomalarni Rossotrudnichestvo idoralariga yuboradi, bu sizning MIPTda bepul o'qish uchun kvota olish imkoniyatini oshiradi.