Tashkilotchi: "Universe" erkin volontyorlik harakati
Oʻtkazilish sanasi: 15-fevral, 14:00
Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 14-fevral, 12:00
Manzil: Turon kutubxonasi
Yoshlarni ajdodlarimizning boy madaniy me'rosiga nisbatan hurmat va ehtirom tuyg'ulari bilan tarbiyalash maqsadida 15-fevral kuni soat 14:00 da Turon kutubxonasida "Abdulla Qodiriy ijodi yoshlar nigohida" mavzusida ilmiy konferensiya tashkil etilmoqda.
Ilmiy konferensiyada quyidagi hollarda ishtirok etishingiz mumkin:
- Kuzatuvchi sifatida;
- Ma'ruzachi sifatida/loyihalar taqdimoti bilan.
Ma'ruzachi sifatida yoki loyihalar taqdimoti bilan ishtirok etishni istagan yoshlar uchun: https://telegra.ph/Abdulla-Qodiriy-ijodi-yoshlar-nigohida-mavzusidagi-ilmiy-konferensiya-02-12
Mazkur konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi Telegram havola orqali ma'sul shaxsga murojaat etishlari va ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi.
Ro'yxatga olish 14-fevral kuni soat 12:00 ga qadar davom etadi.