AI REWIND 2022

AI REWIND 2022 – O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishning yil yakunlarini sarhisob qiluvchi yillik keng ko‘lamli tadbirdir
  • 407
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
AI REWIND 2022

Tashkilotchi: Alif Tech,  Digital Generation Uzbekistan va Yangi O'zbekiston Universiteti

Oʻtkazilish sanasi: 18-fevral, 10:00-18:00

Manzil: Yangi O'zbekiston Universiteti

AI REWIND 2022 tadbiriga ro'yxatdan o'tish jarayoni rasman ochiq deb e'lon qilindi. 

AI REWIND 2022 – O‘zbekistonda sun’iy intellektni rivojlantirishning yil yakunlarini sarhisob qiluvchi yillik keng ko‘lamli tadbirdir. Tadbirda sun’iy intellekt sohasidagi yetakchi IT-kompaniyalar rahbarlari ma’ruzachi sifatida qatnashadilar, shuningdek, Alif Tech, Uzum, Billz, Iman Invest, Uztelecom, Ucell, Mobiuz va boshqa AKT kompaniyalari vakillari ishtirok etadilar. 

Rasmiy qismga qo'shimcha ravishda siz taklif etilgan mutaxassislar bilan suhbat qurishingiz mumkin, va sizni u yerda pitsa va ichimliklar ham kutib turadi. 

Ushbu tadbirda qatnashish bepul. 

Qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

AI
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling