Amerika markazidan onlayn loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun $8000 gacha grant ajratuvchi dastur haqida sessiya

Orzuyingizdagi loyihani amalga oshirish uchun mablagʻ yutib olishni istasangiz sessiyada ishtirok eting va dastur haqida toʻliq maʼlumotlarni bilib oling
  • 1140
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
Amerika markazidan onlayn loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun $8000 gacha grant ajratuvchi dastur haqida sessiya

Tashkilotchi: American Center Tashkent.

Oʻtkazilish sanasi: 24-may va 27-may, 2021-yil.

Platforma: Zoom.

Sizda jamiyatni ijobiy oʻzgarishlarni amalga oshiradigan onlayn loyihangiz bormi? Sizga orzuyingizdagi loyihani amalga oshirish uchun mablagʻ kerakmi? U holda, ushbu ajoyib imkoniyatdan foydalanib American Center Tashkent (ACT) grantida ishtirok eting! ACT eng yaxshi loyihalarga $1000 dan $8000 dollargacha boʻlgan grantlarni ajratishga tayyor. 

Taklif etilayotgan loyihalar quyidagi mavzulardan birini oʻz ichiga olishi kerak: 

  • kompyuter dasturlash;
  • jurnalistika;
  • media-savodxonlik;
  • raqamli storintelling;
  • ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish;
  • munozaralar.

Qanday hujjat topshirish kerak?

1. 24 yoki 27 may kunlari soat 10:00 dagi sessiyalarning birida ishtirok eting.

2. Ariza shaklini va rezyumeingizni tashkentact@gmail.com elektron manziliga 2021 yil 7-iyun, chorshanba kunigacha yuboring.

Eslatma: Grant uchun ariza formasini olish va sessiyasiga ulanish havolasini olish uchun roʻyxatdan oʻting

Kategoriya

Trening
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling