Tashkilotchi: "Oltin qanot" volontyorlar tashkiloti
Oʻtkazilish sanasi: 29-avgust, 20:00
Platforma: Telegram
Andijon shahridagi "Ishga Marhamat" Monomarkazining kasb-hunar o'rgatish bo'yicha bepul kurslari haqida audio suhbat tashkil etilmoqda.
Suhbat spikeri - Islomiddin Nasiridinov, Monomarkazda Hamkorlik va xalqaro aloqalarni yo'lga qo'yish bo'yicha mutaxassis.
Ushbu suhbat orqali Monomarkazda qanday kasb-hunarlar o'rgatilishi haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.
Audio suhbatni tashkil qiluvchisi va moderatori,"Oltin qanot" volontyorlar tashkilotining Andijon viloyati yetakchisi, Andijon davlat chet tillari instituti talabasi, O'zbekiston"Milliy tiklanish"demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi faoli Madumarov Murodjon.
Suhbatda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali rasmiy Telegram kanalga o'tishingiz talab etiladi.