Tashkilotchi: Ziyo Forum
Oʻtkazilish sanasi: 16-sentabr, 18:00
Manzil: Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 12-uy, “Ziyo forum” binosi
16-sentabr kuni BMTning O‘zbekistondagi axborot markazi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha mutaxassisi Anvar Meliboev bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) nima ekanligi, ular qanday shakllantirilishi va qanday vazifalarni bajarishi muhokama qilinadi.
BRM 2015-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan barchaning yaxshi va barqaror kelajak uchun loyiha sifatida ishlab chiqilgan o‘zaro bog‘liq 17ta maqsaddan iborat. Bu qashshoqlikka barham berish, sayyoramizni himoya qilish, hayot sifatini yaxshilash va butun dunyodagi barcha odamlarning istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan universal chaqiriqdir.
Ushbu tadbirda ishtirok etishni istovchilar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi.