Tashkilotchi: Gyote Instituti
Oʻtkazilish sanasi: 9-dekabr, 18:00
Manzil: Gyote Instituti kutubxonasi, Amir Temur ko'chasi, 42-uy
Gyote Instituti tomonidan "Birgalikda kuylaylik" shiori ostida karaoke oqshomi tashkil etilmoqda. Kechada do'stlar bilan birga nemis, Markaziy Osiyo va rus qo'shiqlarini kuylash imkoni mavjud bo'ladi.
Xohlovchilar o'zlari yoqtirgan qo'shiqlari nomini Gyote Institutining Instagram sahifasidagi posti ostida yozib qoldirishlari mumkin. Bu esa sevimli qo'shiqlar saralanib olinish imkonini yaratadi.
Agar kechada ishtirok etishni xohlasangiz quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz talab etiladi.