Oʻtkazilish sanasi: 24-26-mart
Manzil: Toshkent shahri
Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi Markaziy Osiyo mintaqasi uchun yangi platforma boʻlib, unda Oʻzbekistonning investitsiya salohiyati xalqaro sarmoya va ishbilarmon doiralarga taqdim etiladi.
Ushbu forum maqsadi O‘zbekistonning jadal rivojlanayotgan bozoriga integratsiyalashuvdan manfaatdor bo‘lgan yirik xorijiy sarmoyadorlar, moliya-iqtisodiy tashkilotlar, kompaniyalar rahbarlarini jalb etishga qaratilgan.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi quyidagi imkoniyatlatni yaratadi:
- Mamlakat ishbilarmonlik muhitidagi yangi ishlanmalarni o'rganish va O‘zbekistonning keyingi avlod taraqqiyotini shakllantirishga yordam berish;
- Mintaqaviy tashabbuslardan kelib chiqadigan yirik logistika infratuzilmasini, shu jumladan, Yevroosiyo savdo yoʻli infratuzilmasini qurishdan foydalanadigan aniq loyihalarni aniqlash va amalga oshirish.
- Hukumatning iqtisodiyotni liberallashtirish dasturi haqida har tomonlama tushunchaga ega bo'lish;
- Yirik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar loyihalari va xususiylashtirish choralarini chuqur tushuntirish;
- Mamlakat va qoʻshni mintaqaning biznes, moliya va hukumat rahbariyati bilan aloqa oʻrnatish;
- Markaziy Osiyo bozorlariga chiqish uchun tramplin vazifasini bajarish kabilardir.
Ma'lumot uchun: +998 71 200 00 95