Tashkilotchi: “Yoshlar - kelajagimiz” jamg‘armasi
Oʻtkazilish sanasi: 22-dekabr, 14:30
Manzil: Samarqand shahridagi “Family Park” kompleksi, muz saroyi binosi
“Biznes marafon” loyihasining ikkinchi mavsumi finali, “O‘zbekiston yoshlar forumi – 2021” haftaligi doirasida Samarqand viloyatida bo‘lib o‘tadi. Biznes olamiga kirishni niyat qilganlarni 22-dekabr, soat 14:30da Samarqand shahridagi “Family Park” kompleksi – muz saroyi binosiga taklif etamiz.
"Biznes marafon” da ishtirok etish mutlaqo bepul.
Ishtirok etish uchun pastdagi havola orqali ro'yxatdan o'tishingiz lozim boʻladi.