"Buxarest - kichkina Parij" ko'rgazmasi

Ko'rgazma Ruminiyaning Frankofoniya mamlakatlari xalqaro tashkilotiga qoʻshilganligining 30 yilligiga bag'ishlangan
  • 226
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi

Oʻtkazilish sanasi: 25-31 - mart 

Manzil: Toshkentdagi Fransuz alyansi, Zulfiyaxonim ko'chasi, 112-uy

Toshkentdagi Fransuz alyansida "Buxarest - kichkina Parij" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, Ruminiya milliy axborot agentligi va Toshkentdagi Fransuz alyansi hamkorligida tashkil etildi. U Ruminiyaning Frankofoniya mamlakatlari xalqaro tashkilotiga a’zo bo‘lganining 30 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, Toshkentda Frankofoniya bayramini nishonlash doirasida o‘tkaziladi.

22 ta fotosuratdan iborat ko‘rgazma O‘zbekiston jamoatchiligiga Ruminiya poytaxtining 1929-1939 yillardagi tasvirini taqdim etadi.

Ko'rgazma 25-31 - mart kunlari davom etadi. 

Ko'rgazmaga kirish erkin. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling