Tashkilotchi: British Council Uzbekistan
Oʻtkazilish sanasi: 20-dekabr, 16:00-18:00
Platforma: Zoom
"Buyuk Britaniya oliy ta'lim boshqaruvini tushunish" mavzusida vebinar tashkil etilmoqda.
Sessiya quyidagilarni qamrab oladi:
- Buyuk Britaniya kontekstida oliy ta'limni boshqarish asoslari;
- Universitet boshqaruv organining tuzilishi;
- Boshqaruv kodekslari va universitetlar va ularning boshqaruvchilariga ta'sir qiluvchi dolzarb masalalar;
- Universitet boshqaruv organlariga ta'sir ko'rsatadigan asosiy tashkilotlar;
- Yangi boshqaruvchilar uchun ko'rsatmalar.
Ushbu sessiyani Zoom platformasi orqali kuzatishingiz mumkin.