Tashkilotchi: "El-yurt umidi" jamg‘armasi
Oʻtkazilish sanasi: 18-avgust, 16:00
Platforma: Zoom
"El-yurt umidi" jamg‘armasi va Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida joriy yilning 18-avgustida Toshkent vaqti bilan 16:00 da Buyuk Britaniyaning "Chevening" granti bo‘yicha vebinar tashkil etilmoqda.
Ushbu taqdimot orqali "Chevening" granti uchun ariza topshirish jarayonida nimalarga eʼtibor berish kerakligi hamda qanday qilib mazkur grantni qo‘lga kiritish mumkinligi to‘g‘risida batafsil maʼlumot olishingiz mumkin.
Vebinar uchun Zoom ID: 861 9643 7950
Kod: 902007.