Tashkilotchi: EducationUSA_Tashkent
Oʻtkazilish sanasi: 24-fevral. 18:00
Platforma: Zoom
O'zbekistonlik yana bir xalqaro talaba - Sadokat Khakimova bilan suhbat qurish imkoni mavjud. Sadokat Khakimova 18 yoshida muvaffaqiyatli hayot qurish va o'z karyerasini rivojlantirish maqsadida Xyustonga ko'chib ketgan. Keyinchalik u San Jacinto jamoat kollejiga o'qishga kirgan. 2020-yilda Sadoqat ushbu kollejning Matematika va 2021-yilda Kompyuter fanlari yo'nalishini tamomlagan. Shu yilning o'zidayoq u o'qishini o'z orzusidagi Texas A&M Universitetiga ko'chirgan va hozirgi kunda ushbu universitetning bakalavr darajasida Kompyuter fanlari bo'yicha ta'lim olmoqda.
Ushbu suhbatda ishtirok etish uchun berilgan havola orqali Zoom platformasiga o'tish talab etiladi.