Fintech loyihalari bo'yicha Startap Meetup

Spiker: Otabek Aliasqarov - "SalamPay" sobiq ijrochi direktori, hozirda "Uzcard" fintech loyihalari rahbari
  • 328
  • 0
  • Rus tili
  • Bepul
Fintech loyihalari bo'yicha Startap Meetup

Tashkilotchi: IT Park

Oʻtkazilish sanasi: 28 - sentabr, 18:30

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 27-sentabr

Manzil: IT Park Tashkent 

28-sentabr, soat 18:30 da IT Park Toshkent filialida "SalamPay" sobiq ijrochi direktori, hozirda "Uzcard" fintech loyihalari rahbari Otabek Aliasqarov Startap Meetup o'tkazadi. Otabek Aliasqarov Muna Media (banklar, toʻlov tizimlari va boshqalar bilan hamkorlik qilish boʻyicha xalqaro marketing agentligi) hammuassisi, shuningdek, "Taqsim" kompaniyasining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi va ustozi hisoblanadi.

Tadbirda ma’ruzachi fintech loyihasini ishga tushirish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadi va startaplarga xalqaro bozorga chiqish bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilari fintech loyihalarini boshlashda qanday xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va bozordagi o‘zgarishlarga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rganadilar.

Ushbu uchrashuvda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling