Tashkilotchi: Toshkentdagi Amerika markazi
Oʻtkazilish sanasi: 18-fevral, 16:00
Platforma: YouTube, Facebook
Toshkentdagi Amerika markazi tomonidan FLEX dasturi ishtirokchisi Odil Dilmurodov bilan uchrashuv tashkil etilmoqda. Ayni damda Odil Dilmurodov AQShning Michigan shtat Mount Pleasant o'rta maktabi o'quvchisi hisoblanadi. Suhbat davomida uning AQShdagi tajribasi haqida eshitishingiz, shuningdek, savollaringizga jonli tarzda javob olishingiz mumkin.