AQSh elchixonasi tomonidan har yil tashkillashtiriladigan Flex dasturiga hujjat topshirmoqchi bo'lgan qiziquvchilar uchun onlayn Zoom uchrashuvi

Uchrashuvda dasturni tashkillashtirayotgan rasmiylar o'quvchilarga qabul jarayoni haqida bosqichma-bosqich ma'lumot beradilar va ularda paydo bo'layotgan savollarga javob beradilar
  • 178
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
AQSh elchixonasi tomonidan har yil tashkillashtiriladigan Flex dasturiga hujjat topshirmoqchi bo'lgan qiziquvchilar uchun onlayn Zoom uchrashuvi

Tashkilotchi: American Councils FLEX Uzbekistan

Oʻtkazilish sanasi: 16-sentabr, 16:00

Platforma: Zoom 

FLEX-AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan, kuchli raqobatga ega va Armaniston, Ozarbayjon, Chexiya, Estoniya, Gruziya, Gretsiya, Vengriya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Latviya, Litva, Moldova, Mo'g'uliston, Chernogoriya, Polsha, Ruminiya, Serbiya, Slovakiya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va O'zbekiston davlatlari o'quvchilariga beriladigan imkoniyat hisoblanadi. Har yili 35000 dan ortiq o'quvchilar FLEX stipendiyasini olish uchun bir necha bosqichli test sinovlarida qatnashadilar va g'oliblar kelgusi o'quv yilida, AQSHda ko'ngillilar oilasi bilan yashash va AQSh o'rta maktabida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

AQShda yashash mobaynida, FLEX talabalari yetakchilik ko'nikmalarini egallaydilar, Amerika jamiyati va qadriyatlarini o'rganadilar, shuningdek, chet elliklarga o'zlarining mamlakatlari va madaniyatlarini tanishtiradilar. FLEX o'quvchilari AQShda jamoat ishlarini ham bajaradilar va u yerda o'z mamlakatlarining elchilari vazifasini o'taydilar. Dastur g'oliblari  o'z mamlakatlariga qaytgan so'ng innovatsion loyihalarni ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari kerak bo'ladi.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling