"Future Skills Uzbekistan" – respublika miqyosidagi onlayn tanlov

Muhandislik loyihalashtirish va robototexnika boʻyicha loyihalaringiz bilan ishtirok eting
  • 1583
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili
  • Bepul

Tashkilotchilar: Oʻzbekiston Respublikasi axborot va kommunikatsion texnologiyalar vazirligi, IT Park, Artel Group, RevoTech, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi.

Ishtirokchilar quyidagi yoʻnalishlarda oʻz loyihalarini taqdim qilishlari lozim boʻladi:

Muhandislik loyihalashtirish yoʻnalishlari:

  • Sanoatni avtomatlashtirish;
  • Qishloq xoʻjaligini (agrosanoat kompleksi) avtomatlashtirish;
  • Logistikani avtomatlashtirish;
  • Mashinasozlik;
  • Avtomobilsozlik;
  • 3D modellashtirish va prototiplashtirish.

Robototexnika yoʻnalishlari:

  • Tibbiyot robotlari;
  • Maishiy robotlar;
  • Manipulyatorlar;
  • Androgen robotlar;
  • Robosimulyatorlar.

Tanlov ikki bosqichga boʻlinadi. Birinchisi – saralash, 2020-yilning 15-avgustidan 15-sentyabriga qadar boʻlib oʻtadi. Ikkinchisi – final boʻlib, 2020-yilning 18-sentyabridan 20-sentyabrga qadar oʻtkaziladi.

Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan istalgan shaxs qatnashishi mumkin.

Kichik yoshdagi ishtirokchilar guruhi – 15 yoshgacha.

Katta yoshdagi ishtirokchilar guruhi – 30 yoshgacha.

Roʻyxatdan oʻtish 2020-yilning 24-iyulidan 14-avgustiga (shu kuni ham).

Kategoriya

Tanlov

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling