Tashkilotchi: Germaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi
Hujjat topshirish oxirgi muddati: 5 Noyabr 2020
Hurmatli o'quvchilar,
Germaniya elchixonasi har yilgi teatr festivalini bu yil raqamli formatda noyabr oyi oxirida o'tkazmoqchi. Ushbu teatr loyihasida biz barcha nemis tilini xorijiy til sifatida o'rganadigan o'quvchilarni ishtirok etishga chaqiramiz. Bu degani, festivalda PASCH maktab o'quvchilaridan tashqari istagan maktab o'quvchilari qatnashishi mumkin.
Qatnashish uchun muhim ma'lumotlar:
KIM? - 8-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan beshta nemis tili o'rganadigan o'quvchiladan tashkil topgan guruhlar
NIMA? - O'zingizning 15 daqiqali sahna ko'rinishingizni nemis tilida yozing va elchixonaga yuboring
MAVZU - "O'zbekiston 50 yildan keyin" (ijtimoiy, ekologik yoki iqtisodiy mavzuga doir bo'lishi mumkin)
QACHON? - Tanlovga arizalarni qabul qilish muddati - 2020-yil 5-noyabr
Qayerga? botschaftswettbewerb@gmail.com
Keyin elchixona nemis madaniy soha hodimlaridan tashkil topgan hakamlar hay'ati ishtirokida eng yaxshi oltita asar tanlaydi.
Hakamlar hay'ati "Eng yaxshi spektakl", "Eng yaxshi ssenariy", "Eng yaxshi aktrisa" va "Eng yaxshi aktyor" nominatsiyalarida mukofotlashni rejalashtirmoqda.
G'oliblarni ajoyib sovg'alar kutmoqda. Sahna ko'rinishlari bizning ijtimoiy sahifalarimizda e'lon qilinadi.
Sizning ijodiy g'oyalaringizni kutib qolamiz!