Tashkilotchi: Goethe Institut
Oʻtkazilish sanasi: 31-yanvar, 16:00
Platforma: Instagram
Birinchi kursda eng yaxshi abituriyent bo'lish va 3000 yevro stipendiya olish imkoni mavjud. Viadrina Fast Track dasturi odatda Germaniyada o'qishga ruxsati yo´q chet el talabalariga o'z mamlakatida maktabni tugatgandan so'ng darhol Viadrina Evropa universitetida o'qishni boshlash imkonini beradi.
Shunday qilib... bu orzuni qanday amalga oshirish mumkin? Viadrina tezlashtirilgan o'quv dasturida ishtirok etish uchun qanday talablar mavjud? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Oder bo'yidagi, Frankfurt shahridagi Viadrina universitetida ushbu dastur bo‘yicha muvaffaqiyatli tahsil olayotgan Rustam Rustambekov bilan uchrashuv tashkil etilmoqda.
Dushanba kuni soat 16:00 da Instagram Live Stream'da Germaniyada tahsil olish uchun o'zingizga foydali bo'lgan ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Gyote Institutning Instagram sahifasi izohlarida savollaringizni oldindan yozib qoldiring va ushbu foydali sessiyani o'tkazib yubormang.