"Germaniyaga qonuniy ketish yo'llari" mavzusida informatsion sessiya

Ushbu sessiyada Germaniyaga ketishning qonuniy usullari va buning uchun bajarilishi kerak bo'lgan talablar haqida qisqacha ma'lumot beriladi
  • 243
  • 0
  • Rus tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Gyote Instituti

Oʻtkazilish sanasi: 27-yanvar, 19:15

Manzil: Gyote instituti kutubxonasi

Gyote Instituti tomonidan "Germaniyaga qonuniy ketish yo'llari" mavzusida informatsion sessiya tashkil etilmoqda. Ushbu sessiyada Germaniyaga ketishning qonuniy usullari va buning uchun bajarilishi kerak bo'lgan talablar haqida qisqacha ma'lumot beriladi. 

Xususan, quyidagilar muhokama qilinadi:

  • 2023-yil uchun tendensiyalar va so'nggi ma'lumotlar;
  • Talabda bo'lgan kasblar va ish sohalari;
  • Germaniyaga ketishda uchrashi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar tahlili. 

Spiker: Kristina Zaplatina, "Germaniyaga ketish va moslashish" loyihasining konsultanti. 

Ushbu sessiya "Germaniyaga ketish va moslashish" loyihasi (Diakonie Baden) va Toshkent shahridagi Gyote instituti o‘rtasidagi hamkorlik doirasida tashkil etilmoqda. 

Uchrashuvda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling