Tashkilotchi: "Global Universities" assotsiatsiyasi
Oxirgi muddat: 10-dekabr 2020-yil
Rossiyaning «Global Universities» Assotsiatsiyasi2020-2021 olimpiadasida qatnashishga taklif etadi. Ushbu olimpiadada magistratura va aspirantutada tahsil olish istagida boʻlgan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
- Olimpiada quyidagi fan va yoʻnalishlar boyicha rus va ingliz tillarida oʻtkaziladi:
- Biologiya
- Kompyuter va ma'lumotlar fanlari
- Matematika va sun'iy intellekt
- Biznes boshqaruvi
- Siyosat va xalqaro tadqiqotlar
- Psixologiya
- Fizika
- Tilshunoslik va zamonaviy tillar
- Kimyo
- Iqtisodiyot
- Muhandislik va texnologiya
- Klinik tibbiyot va sog'liqni saqlash
- Yer haqidagi fanlar
- Ta'lim
Olimpiadada g‘olib bo‘lgan nomzodlar 2021-oʻquv yilida Rossiyadagi mos keladigan magastratura yoki aspirantura yoʻnalishlaridan birida oʻqish hamda stipendiya olish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar.
Talablar:
- Barcha davlatlardan nomzodlar ariza topshirishi mumkin.
- Magistratura va aspiranturada tahsil olish istagida boʻlgan barcha nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
- Nomzod rus yoki ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Chunki barcha fanlardan sinovlar rus va ingliz tilida boʻlib oʻtadi.
Olimpiada davomiyligi:
- 15-sentabrdan 10-dekabrgacha – roʻyxatdan oʻtiladi va portfolio toʻldiriladi.
- 10-24-dekabr – birinchi bosqich, portfoliolar tekshiriladi.
- 25-dekabr – birinchi saralash natijalari e’lon qilinadi.
- 2021-yil 11-30-yanvar – ikkinchi bosqich.
- 2021-yil 11-yanvar-9-fevral yakuniy bosqich ishtirokchilari baholanadi.
- 2021-yil 10-fevral – ikkinchi bosqich natijalar e’lon qilinadi.
- 2021-yil 11-18-fevral – ikkinchi bosqich bo’yicha appleyatsiya jarayonlari oʻtkaziladi.
- 2021-yil 22-fevral – magistratura bosqichi uchun olimpiada yakunlari va gʻoliblar e’lon qilinadi.
- 2021-yil 1-19-mart – uchinchi bosqich (aspirantura uchun)
- 2021-yil 23-mart – aspirantura bosqichi uchun olimpiada yakunlari va gʻoliblar e’lon qilinadi.