" Growth Mindset and Success" mavzusida trening

Spiker karyeraviy o'sish bo'yicha koordinator Shohista Raximova
  • 53
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Ziyo Forum

O'tkazilish sanasi: 15-iyul 17:00

Manzil: Toshkent sh., Universitet koʻch., 12-uy, Ziyo Forum binosi.

Spiker: karyeraviy o'sish bo'yicha koordinator Shohista Raximova

Ushbu payshanba kuni lektoriumimiz mehmoni Toshkentdagi Webster universiteti karyeraviy oʻsish boʻyicha koordinatori Shohista Raximova boʻladi.

U sizga hayotingizning turli sohalarida muvaffaqiyatga erishish uchun fikrlash turi haqida gapirib beradi va boshqa koʻplab savollarga javob beradi:

  • Hayotdan nima xohlashini bilmaganda nima qilish kerak?
  • Kuchli jihatlarni qanday aniqlash mumkin?
  • Maqsadlarga intilish uchun energiyani qayerdan olish kerak?

Shohista Raximova xalqaro tashkilotlarda 10 yildan ortiq ish tajribasiga ega. Webster universitetida esa u talabalarni turli akademik dasturlarga va karyeraviy intilishlariga rioya qilishga oʻrgatadi.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling