Hackathon TEAM 2022

Hackathon TEAM 2022 g‘oliblari (g‘olib jamoalarning har bir a’zosi) TEAM universitetida o‘qish uchun mos ravishda 10 000 000 so‘m, 7 000 000 so‘m va 5 000 000 so‘m miqdorida stipendiyalarga ega bo‘ladilar
  • 317
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Hackathon TEAM 2022

Tashkilotchi: Team University

Oʻtkazilish sanasi: 7-8-iyul

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 4-iyul

Manzil: TEAM University Campus

Hackathon TEAM — biznes/startap gʻoyasini yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish boʻyicha 26 soatlik marafon. 3-4 kishidan iborat har bir jamoa belgilangan vaqt ichida noldan mahsulotni ishlab chiqishi kerak.

Hackathon TEAM 2022 g‘oliblari (g‘olib jamoalarning har bir a’zosi) TEAM universitetida o‘qish uchun mos ravishda 10 000 000 so‘m, 7 000 000 so‘m va 5 000 000 so‘m miqdorida stipendiyalarga ega bo‘ladilar. 

Hackathon TEAM 2022 da ishtirok etish shartlari:

  • Ro‘yxatdan o‘tish formasini to‘ldirish;
  • Nomzodlar IELTS umumiy kamida 5,5 yoki ekvivalenti (Duolingo 90, TOEFL 72) yoki TEAM English Entry Exam ball (40%) ega bo'lish. 

Hackathonda ishtirok etishni istaganlar quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling