"Ilm kechalari” loyihasining 3 - tadbiri

Tadbir davomida qiziqarli va foydali maʼlumotga ega boʻlish bilan bir qatorda turli xil soha mutaxassislariga savol berish va ular bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlasiz
  • 425
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul

Tashkilotchi: Mezana ilm markazi

Oʻtkazilish sanasi: 11 - iyun, 16:00

Manzil: “Mezana” ilm markazi, Bog‘iravon 55-uy

Moʻljal: “Usta Shirin” turar majmuasi

“Mezana ilm markazi” bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan “Ilm kechalari” loyihasining uzoq kutilgan 3-tadbiri 11 - iyun, soat 16:00da bo'lishi rejalashtirilmoqda. 

Ilm kechalari — ilm-fanga aloqador tadbir boʻlib, unda turli soha mutaxassislari ilm-fanga oid mavzularda taqdimotlar o'tkazishadi.
Spikerlar:

  • Abrorbek Sharipov, “Balton Trading (Asia)” biznes tahlilchisi;
  • Muzaffar Sayfidinov, 6 yillik tajribaga ega stomatolog;
  • Adil Muxtarov, 34 yillik ilmiy tadqiqot hamda 11 yillik pedagogik tajribaga ega dotsent;
  • Pulat Tadjimuratov, Astronomiya instituti kichik ilmiy xodimi.

Har bir spiker taqdimoti 25-30 daqiqa davom etadi. Tadbir davomida qiziqarli va foydali maʼlumotga ega boʻlish bilan bir qatorda turli xil soha mutaxassislariga savol berish va ular bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻlasiz. Bunda sizga issiq choy va shirinliklar hamroh boʻladi. 

Ushbu uchrashuvda ishtirok etish bepul va quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling