Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'rganish imkoni

B1+ darajadagilar uchun o'z ingliz tillarini yaxshilash imkoniyati
  • 368
  • 0
  • Ingliz tili
  • Bepul
Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'rganish imkoni

Tashkilotchi: American Center Tashkent

Oʻtkazilish sanasi: 27-yanvar

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 28-dekabr

Platforma: Zoom

American Center Tashkent Global Virtual School bilan hamkorlikda ingliz tilini ikkinchi til sifatida o'rganish uchun mo'ljallangan darslarga qabulni ochiq deb e'lon qildi. 

Darslar 27-yanvardan boshlanadi va har juma soat 3 dan 5 gacha davom etadi. Ushbu darslarda ishtirok etish uchun kamida ingliz tilida B1 darajasiga ega bo'lish lozim. Dastur davomiyligi 10 hafta hisoblanadi. 

Ushbu darslarda ishtirok etish uchun majburiy kirish imtihonidan o'tish lozim. Imtihonlar 6, 9 va 10-yanvar kunlari American Center Tashkentda bo'lib o'tadi. 

Dasturda ishtirok etishni istaganlar, avvalo, quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi. Ro'yxatdan muvaffaqiyatli o'tganlar va bu haqida emailni qabul qilganlar kirish imtihonida ishtirok eta oladilar. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling