Tashkilotchi: IT Park
O'tkazilish vaqti: 5-noyabr 2020, 19:00
5-noyabr kuni soat 19:00 da IT Tadbirkor kursining soʻnggi darsi boʻlib oʻtadi. Unda sarmoyalarni jalb qilish boʻyicha soʻz boradi.
Dars davomida spiker Botir Arifjanov sizga sarmoyalarni jalb qilishda zarur boʻladigan barcha usullar va vositalar haqida maʼlumot beradi.
Spiker haqida:
Botir Arifjanov — LeBazar asoschisi, Paynet yaratuvchisi, Khan Academy Uzbek rahbari va AKTʼni rivojlantirish jamoat kengashi raisi.
Bepul kursning soʻnggi darsini oʻtkazib yubormang va investitsiyalarni jalb qilish sirlari haqida bilib oling.