Tashkilotchi: IT Park Uzbekistan
Oʻtkazilish sanasi: 15-avgust 16:00
Spiker: Andrey Asachuk – tajribali startap murabbiyi. U taʼsischilarga mahsulotlarni bozorga chiqarishda va oʻsishni tezlashtirishda, korporatsiyalar bilan aloqalarni oʻrnatishda, hamda, biznes farishtalari va dastlabki bosqich fondlaridan investitsiyalarni jalb qilishda yordam beradi.
Maʼruzani startap trekeri Andrey Asachuk olib boradi. U tinglovchilarga taqdimotning asosiy tuzilishi, unda mahsulot haqida qanday ma’lumotlarni kiritish kerakligi va har qanday mahsulotning mohiyatini 14 ta slaydga qanday joylashtirish kerakligi haqida gapirib beradi. Bundan tashqari, spiker pitchdagi startaplarning asosiy xatolarini tushuntiradi.