Tashkilotchi: GroundZero
Oʻtkazilish sanasi: 1 - iyul, 19:00
Manzil: GroundZero kitob olami
1 iyul kuni soat 19:00da “Investor uchun taqdimotni qanday tayyorlash kerak” mavzusida seminar bo‘lib o‘tadi. Spiker - Denis Kalyshkin, I2BF Global Ventures Amerika fondining investitsion direktori.
Seminar kimlar uchun bo'lib o'tadi?
⁃ Kichik va o'rta biznes vakillari;
⁃ Startaplar;
⁃ Kasbiy o'sishni xohlaydigan yosh mutaxassislar.
Seminar rejasi:
• Slaydlarni tayyorlash bo'yicha birin-ketin maslahatlar;
• Har doimgi xatolar tahlili.
Ma'ruzachi haqida qisqacha ma'lumot:
• Vertical SaaS, Industry 4.0, mashinasozlik, avtomatlashtirish, RPA, robototexnika, AR/VR, DeepTech va kosmik texnologiyalarga 8 yillik investitsiyalar jalb etgan;
• AQSh, Yevropa, Lotin Amerikasi, Rossiya va Qozogʻiston bozorlarida IT-kompaniyalar bilan tajribaga ega;
• Shuningdek, IT-tadbirkorlar uchun media-loyiha - ask-vc.ru asoschisi.
Ushbu seminarda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.