Iqtisodiyotni raqamlashtirishga ko'mak beruvchi 9 ta turli xil yo'nalishlarda tanlov

IT-Park 9 ta turli yo‘nalishlarda tanlovlarni ishga tushirmoqda. Ariza bering va sovrinlarni olish va iqtisodiyot sohasida moliyalashtiriladigan va joriy qilinadigan loyihalar natijasiga ko‘ra, akseleratsiya dasturiga o‘tish imkoniyatini qo'lga kiriting
  • 1354
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
Iqtisodiyotni raqamlashtirishga ko'mak beruvchi 9 ta turli xil yo'nalishlarda tanlov

Tashkilotchi: IT Park.

Oxirgi muddat: 16-noyabr, 2020-yil.

Mukofot: Eng yaxshi deb topilgan loyiha mualliflari moddiy qo'llab-quvvatlantiriladi.

Yo'nalishlar:

  1. Qishloq xoʻjaligi.
  2. Bank sohasi.
  3. Qurilish.
  4. Transport.
  5. Sogʻliqni saqlash.
  6. Taʼlim.
  7. Energetika.
  8. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya, davlat kadastri.
  9. Geologiya, mineral resurslar.

Oʻtkazilish bosqichlari:

1-bosqich: eng yaxshi loyihalar tanlovi va saralashi.

2-bosqich: yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro harakatlar va davlat tashkilotlari bilan hamkorlik doirasida loyihalar akseleratsiyasi.

3-bosqich: eng yaxshi loyihalarni iqtisodiyot va moliya sohalariga tatbiq qilish.

Ishtirokchilardan nima kutyapmiz?

Iqtisodiyot sohasini raqamlashtirishga yordam beruvchi raqamli yechimlar: ilova, xizmat, qurilma va boshq.

Ariza topshiring va sovrinlar yutish va IT Parkʼda natijada loyihalar Oʻzbekistonning ijtimoi-iqtisodiy sohasida moliyalashtiriladigan va tatbiq etiladigan akseleratsiya dasturidan oʻtish imkoniyatiga ega boʻling.

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling