Tashkilotchi: IT Park
Oʻtkazilish sanasi: 16-18-mart, 12:00
Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 10-mart, 18:00
IT Park rezidenti “Step IT Academy” 10 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dizayn va dasturlash bo‘yicha 2-yillik “ITEENS 2022” xakatonini tashkil qiladi. Xakatondan ko‘zlangan maqsad IT-sohasiga iqtidorli yoshlarni jalb etish va amaliy masalalarni yechish orqali innovatsion loyihalar yaratishdan iborat.
Yosh toifalari boʻyicha xakaton yoʻnalishlari:
10-11 yosh – 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, animatsiya;
12-14 yosh – 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, WebDesign, dasturlash;
15-16 yosh – 2D dizayn, 3D modellashtirish, oʻyinlar yaratish, WebDesign, dasturlash.
Har bir yo‘nalish bo‘yicha har bir yosh toifasi bo‘yicha 15 dan 50 kishigacha qabul qilinadi. Agar yo'nalishga 15 dan kam odam ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, bu yo'nalishdagi xakaton o'tkazilmaydi.
Xakatonda ishtirok etish shartlari:
Xakatonning sovrin jamgʻarmasi 17 500 000 soʻmni tashkil qiladi.