Tashkilotchi: PDP Academy
Oʻtkazilish sanasi: 8-oktabr 17:00
Spikerlar: Toshkent INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov va PDP Academy rahbari Odilbek Mirzayev
Manzil: : Shayxontohur tumani, Beruniy ko'chasi, 3A.
Jamiyatimizda yosh boshqaruvchi tajribasizligi tufayli ko'p xatoga yo'l qo'yadi degan stereotiplar mavjud. Yoshlar tajribasiz bo'lishlari mumkin, lekin ulardagi energiya va yangiliklarga intiluvchanlik har bir sohada o'ziga xos rivojlanish keltirib chiqaradi.
Toshkent INHA universiteti rektori—Muzaffar Jalolov ham, yosh bo'lishlariga qaramay, boy avtobiografiya va boshqaruv tajribasiga ega rahbarlardan biridir. Universitet 2018-yildan buyon yangi rektor va yangi tizim bilan katta natijalarga erishdi.
Bo'lajak dasturchilarni tayyorlaydigan universitet rahbari bilan suhbatlashishga arzigulik juda ko'p mavzular bor. Ishtirok eting va o'zingizga foyli bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'ling.