KADR Begunoh 74

1922-yil Germaniyada tahsil olgan Turkistonlik talabalarning 100 yilligiga bag'ishlangan xotira kechasi
  • 354
  • 0
  • Oʻzbek tili, rus tili, nemis tili
  • Bepul
KADR Begunoh 74

Tashkilotchi: Gyote Instituti

Oʻtkazilish sanasi: 1-dekabr, 18:30

Manzil: Gyote Instituti kutubxonasi, Amir Temur ko'chasi, 42-uy

Gyote Institutida "Kadr Begunoh 74" nomi ostida tadbir tashkil etilmoqda. Tadbir 1922-yil Germaniyada tahsil olgan Turkistonlik talabalarning 100 yilligiga bagʻishlangan xotira kechasi hisoblanadi. 

Bolsheviklar inqilobi 1920-yillar boshlarida O'rta Osiyoda ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklarni keltirib chiqargan muhitni yaratdi. Monarxiyalar jumhuriyatlarga aylantirildi, shulardan biri Buxoro Xalq Sho’rolar Jumhuriyati nomi bilan yangi davlat tashkil topdi. Davlatda kadrlar yetishmasligini sezgan Jadid hukumat rahbarlari o’z yigit-qizlarini xorijga o‘qishga jo‘natish bo‘yicha ulkan ta’lim loyihasiga qo'l urdilar. Asosiy maqsad talabalarni Yevropaning o’sha paytdagi san’at va fan markazida, ya’ni Germaniya poytaxti Berlinda o’qitish edi.

Ushbu tadbirda begunoh 74 nafar talabalarning o’z xalqini mustaqillikka erishish yo’lida bilim olishga bo’lgan intilishlari, umid va orzulari, mashaqqatli sinov va hayot yo’llari ko'rsatiladi. Xotira taqdimotida vatanga qaytish nasib etgan va qaytmagan talabalar taqdirini o’rganishda noyob tarixiy fotosuratlar, filmlar va hujjatlar o'rin olgan.

Kechaga kirish bepul va ro'yxatdan o'tish talab etilmaydi. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling