“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali

Festival Prezidentimizning besh muhim tashabbuslari ijrosini taʼminlash, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularga imkoniyat yaratish, qo‘llab-quvvatlash, sanʼatimizni rivojlantirish va davom ettirish maqsadida tashkil qilinmoqda
  • 2102
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali

Tashkilotchi: Yoshlar Ittifoqi

Ro'yxatdan o'tish oxirgi sanasi: 22-martdan 10-aprelga qadar

Respublika bo‘ylab “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali

 Аziz yoshlar, madaniyat, adabiyot va sanʼat sohasidagi iqtidoringizni namoyish eting!

Festival Prezidentimizning besh muhim tashabbuslari ijrosini taʼminlash, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularga imkoniyat yaratish, qo‘llab-quvvatlash, sanʼatimizni rivojlantirish va davom ettirish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Festivalning maqsadi – Prezident tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosi, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning ma’naviy olamini boyitish, san’at va go‘zallikka intilishini kuchaytirish, milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladi.

 Iqtidorli bolalarning ijodi hamda tashabbuslarini keng ommaga namoyish qilish, ayniqsa, bolalar orasida targ‘ib etish, yosh havaskor va professional ijodkorlarning faoliyatini rag‘batlantirishdan iborat.

Festivalga 6 yoshdan 15 yoshgacha 
boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin.

Ma'lumot uchun:  88-807-00-56

Kategoriya

Tanlov
Telegram kanalimizga aʼzo boʻling