“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali

Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin.
  • 693
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali

Tashkilotchi: Yoshlar ishlari agentligi

Oʻtkazilish sanasi: 1-bosqich sentabrda bo'lib o'tadi

Roʻyxatdan oʻtish oxirgi sanasi: 1-iyundan 10-iyungacha

“Kamalak yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivaliga arizalar qabuli boshlandi!

Tanlovga 6 yoshdan 15 yoshgacha boʼlgan ijodkor bolalar yakka, jamoaviy tarzda, 6 ta yo‘nalishdan birini tanlagan holda ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning o‘tkazilish tartibi haqida nizom bilan batafsil ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Tanlovda yakka va jamoaviy ishtirok etish mumkin.

Ro‘yxatdan o'tish uchun ishtirokchilar mahalladagi yoshlar yetakchisiga yoki maktabingiz direktori o‘rinbosari orqali O'zbekiston yoshlar ittifoqining tuman (shahar) Kengashiga tanlov anketasini yakka yoki jamoaviy tarzda to‘ldirib taqdim etishlari lozim.

 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling