Tashkilotchi: Khan Academy Oʻzbek
Translaton (Translation + Marathon) — Khan Academy Oʻzbek koʻngillilar jamoasi tomonidan tashkillashtirilgan tarjima marafoni. Translatonning asosiy maqsadi dunyo miqyosidagi top kontentni oʻzbek tiliga tarjima qilish va yoshlar orasida ilm-fan, mutolaaga boʻlgan qiziqishni oshirishdan iborat.
Marafon doirasida 1 hafta ichida 1 000 000 ta soʻz tarjima qilish rejalashtirilgan. Eng faol ishtirokchilar homiylar tomonidan taqdim etilgan sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Marafon sanalari. Loyiha 4 bosqichda olib boriladi:
8-16 avgust — Qatnashchi (tarjimon, muharrir va koordinator)larni saralash uchun arizalar qabul qilish.
17-23 avgust — Marafonga start berish.
24-30 avgust — Kontent sifatini tekshirish.
31-avgust — Taqdirlash.
1 million soʻzni tarjima qilish uchun turli sohalar boʻyicha taxminan:
Quyidagi sohalardagi maqolalarni tarjima qilish rejalashtirilgan:
• Matematika
• Fizika
• Texnologiya
• Iqtisodiyot va biznes
• Informatika
• Astronomiya
• Biologiya
• Kimyo
• Geografiya
• Geologiya
• Tibbiyot
Sovrinlar:
Sovrinlar ishtirokchilar qoʻshgan hissaga qarab bir-biridan farqlanadi. Mukofot sifatida hozircha, elektron kitoblar, miBand soatlar, shuningdek, oʻzbek yoki boshqa tillardagi (ishtirokchilar yoʻnalishiga qarab) bosma kitoblarni sovgʻa qilish rejalashtirilgan.
Tarjimon va muharrirlar, chellenjga marhamat!