“Klinikalarda nizo va shikoyatlar bilan ishlash” mavzusida trening

Ushbu trening maqsadi xususiy tibbiyot markazlari xodimlariga mijozlar bilan jahon andozalari boʻyicha ishlashni tadbiq etish. Treningni servis va savdo-sotiq boʻyicha mutaxassis Alisher Rustamov olib boradi
  • 664
  • 0
  • Oʻzbek tili
  • Bepul
“Klinikalarda nizo va shikoyatlar bilan ishlash” mavzusida trening

Tashkilotchi: Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi

Oʻtkazilish sanasi: 23-oktabr

Manzil: Toshkent

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida Business Monitoring Group unitar korxonasi tomonidan “Klinikalarda nizo va shikoyatlar bilan ishlash” bepul treningi tashkillashtirilmoqda.

Ushbu trening maqsadi xususiy tibbiyot markazlari xodimlariga mijozlar bilan jahon andozalari boʻyicha ishlash zamon talabi ekanini yetkazgan holda, ishtirokchilarda quyidagi bilim va ko'nikmalarni rivojlantirish:

  • Nizo va shikoyatlarning sabablarini yuzaga chiqarish;
  • Shikoyatlar bilan ishlash algoritmi;
  • Muammolarni toʻgʻri hal qilish;
  • Muloqotda tana tili, ohang, soʻzlarni toʻgʻri taqsimlash.

Treningni servis va savdo-sotiq boʻyicha mutaxassis Alisher Rustamov olib boradi.

Bepul treningda ishtirok etish uchun raqam:+998 90 999 2535. 

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling