Kolesa Conf — Qozog'istonning barcha IT-hamjamiyati va MDHning eng yaxshi mutaxassislarini birlashtirgan onlayn konferensiya

Menejment, Data Science, iOS, Android va Web development yo'nalishlarida o'tkaziladigan IT konferensiya. Badoo, Replika.ai, Kolesa Group, Wolt, 24TTL, Skyeng, Aviata, Strong Team, Beeline, Alfa-Bank va boshqa kompaniyalar mutaxassislari so'zga chiqadilar
  • 1298
  • 0
  • Rus tili
  • Bepul
Kolesa Conf — Qozog'istonning barcha IT-hamjamiyati va MDHning eng yaxshi mutaxassislarini birlashtirgan onlayn konferensiya

Tashkilotchi: Kolesa Conf, Qozog'iston

O'tkazilish vaqti: 14-noyabr 2020

Platforma: YouTube

Bu yil Qozog'iston IT-hamjamiyatining asosiy tadbiri 14-noyabr kuni onlayn rejimida bo'lib o'tadi, shuning uchun tashkilotchilar butun MDH davlatlaridan ishtirokchilarni taklif qilishadi.

Dastur 5 ta yo'nalishdan iborat: 

  • Menejment
  • Data Science
  • iOS
  • Android
  • Web

Ularning har birida turli mamlakatlar va loyihalardagi real holatlar bilan 8-10 ta namunalar ko'rsatiladi

Dodo, Badoo, Replika.ai, Kolesa Group, Wolt, 24TTL, Skyeng, Aviata, Strong Team, Beeline, Alfa-Bank va boshqa kompaniyalar mutaxassislari so'zga chiqadilar.

Joylar soni cheklanmagan, ammo ishtirokchilar 12-noyabrga ro'yxatdan o'tish kerak bo'ladi.

Kategoriya

Trening

Yoʻnalishlar

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling